Polimorfizm
Polimorfizm (biologiyada) — bir tur doirasida ko’rinishi b-n o’z-aro farq qiladigan bir necha individlar bo’lishi. Agar bunday individlar 2 ta bo’lsa, dimorfizm (mas, jinsiy dimor- fizm) deb ataladi. Ko’pchilik gidroid- lar koloniyasi bitta koloniyada har xil gidrantlar rivojlanishi b-n bog’liq. Mac, sifonoforalarda gonofor (jin- siy), gastrozoid (oziqlanuvchi), palpon (ayiruvchi), nektofor (suzuvchi) poli- plar mavjud. Zang zamburug’larning har xil o’simliklarda rivojlangan mevali tanasi, spo-ralarining ko’rinishi va fiziologiyasi bir-biridan keskin farq qiladi. Xuddi shu xildagi P. digene- tik so’rg’ichlilar lichinkasi uchun xos bo’lib, pleyomorfoz deyiladi. Ayrim jinsli hayvonlarda P. bir jinsga man- sub individlarning har xil ko’rinishga ega bo’lishidan iborat (mas, shira- larning urgochilari, kok-tsidlarning erkaklari orasida qanot-sizlari va qanotlilari bo’ladi). Jamoa bo’lib yashovchi hasharotlarda P. koloniya yoki oi- Lada individlarning vazifasi bo’yicha guruxlarga bo’linishi demakdir. Chigirt- kalar va ayrim ka-palaklar qurtlari so- nining ortishi b-n ular rangi, tuzilishi va xulq-atvorida paydo bo’ladigan farq qiluvchi belgilar populyasiyalar zichligi o’zgarishi b-n bog’liq P.ga misol bo’ladi. Genetikada P. tushunchasi populya-TSI- yalarda aniq fenotipik farq qiluvchi belgilarga ega bo’lgan individlarning 2 yoki undan ko’proq genotipik sinfi- ning doimiy saqlanishini anglatadi. Bunday farqyashash muhitining bir xil bo’lmasligi b-n bog’liq bo’lib, populya- tsiya genetik strukturasining moslanish orqali ixtisoslashuvini aks ettira- Di. P. turli genetik mexa-nizmlar: bir jinsga mansub individlarning getero- genligi, geterozigot formalarning mos-lanishdagi afzalligi orkali saqlanib turadi.