Polinevrit

Polinevrit (Yun. poly — ko’p va … nerv) — qo’l-oyoq nervlarining bir vaqtda kasallanishi. P. mustaqil kasal- lik, shuningdek, ba’zi yuqumli kasal- liklar (difteriya, dizenteriya) asora- ti sifatida namoyon bo’lishi mumkin. Spirtli ichimliklar, margimush, simob, qo’rg’oshintn surunkasiga zaharlanish va ro’zg’orda ishlatiladigan kimyo-viy poro- shoklarni noto’g’ri ishlatish (to KS i k P.), moddalar almashinuvining buzilishi (qandli diabet), organizmda vitaminlar etishmasligi x.am P.ga sabab bo’ladi. P. me’da va ichak kasalliklari b-n og’rigan kishilarda nerv to’qimalarining ozi- klanishi va vitaminlar singishi uchun zarur bo’lgan moddalar so’rilishining buzilishi natijasida boshlanib ketishi mumkin. Kasallik bemorning qo’l va oyoq Pan- jalarida chumoli yurgan kabi jimir- lash sezishidan boshlanadi, keyinchalik issiqda qo’l-oyoq muzlab og’riydi, UVU- shadi. Kasallik zo’raya borgani sari be- Morning oyog’i darmonsizlanib, yurishi qiyinlashadi va qo’lida hech narsa tuta olmay qoladi. Oyoq, qo’l muskullari nim- jonlanib, oza boshlaydi, se-zishi buzi- ladi. Davo, asosan, kasallik sababiga kar- shi qaratiladi. P.ning o’tkir davrida o’rinda yotib davolanish kerak. Dori-dar- monlardan tashqari, fizioterapevtik muolajalar, davo fizkulturasi buyuri- ladi, surunkali xilida esa kurortlarda davolanish tavsiya etiladi. Yuqumli va moddalar almashinuvi- ning buzilishi b-n kechadigan kasalli- klarni o’z vaqtida davolab, P.ning oldi- ni olish mumkin.