Polis

Polis (Yun. polis, lot. civitas) — sha-har-davlat. Yunoniston va qad. Ita- liyada jamiyat va davlatni ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy tashkil etishning alohida shakli. P. davlat apparati to’la huquqli erkak fuqarolarning xalq maj- lisi (apella, ekklesiya), kengash (gerusiya, areopag, bule, Senat) va turli saylanuvchi mansabdor shaxslar (magistratlar) dan tashkil topgan. P.lar oligarxik (mas, Sparta) yoki demok-ratik (mas, Afina) bo’lgan. P.dagi shahar aholisining bir qismi (meteklar, perieklar, har qanday huquklardan mahrum bo’lgan qullar) fuqarolar tarkibiga kiritilmagan va huquqsiz bo’lgan. P. Yunonistonda mil. AV. 4-a.ning boshida (eng rivojlangan davri mil. AV. 5-a.), Rimda mil. AV. 3-1- a.larda (eng rivojlangan davri mil. AV. 5-3-a.lar) inqirozga uchragan.