Polisiya

Polisiya (nem. Polizei; Yun. Politeia — davlat tomonidan boshkarish, ma’- muriyat) — 1) jamoat tartibini saklash va jinoyatchilikka qarshi kurash bo’yicha tu-zilgan maxsus organlar tizimi. P. huquqbuzarlikning ayrim turlari yuza- sidan tekshiruv ishlarini olib boradi; 2) harbiy P. — ayrim davlatlar (AQSh, Buyuk Britaniya, GFR va b.) qurolli kuch- laridagi xizmat turi, yo’l harakatini na- zorat qiladi, Qochoklar (dezertirlar)ni ushlash, jinoyatlarni tekshirish va b.ni amalga oshiradi; 3) RF.da 1993 y. soliq P.si tuzilgan; 4) Okt. to’ntarishigacha Turkiston general-gubernatorligida ham P. bo’lgan. Mac, Toshkent sh.da yangi shahar va eski shaxar P. boshqarmasiga bo’lingan. P. shtati 307 kishidan iborat bo’lgan. O’zbekiston Respublikasida mi- Lisiya P. funktsiyasini bajaradi.