Polivanov Evgeniy Dmitrievich
Polivanov Evgeniy Dmitrievich [1891.28.2 (12.3), Smolensk – 1938. 25.1, Moskva] — rus sharkshunos olimi. Bir paytning o’zida Sharq akademiyasi (yapon tili bo’yicha, 1911) va Peterburg un-tining tarix-filologiya f-tini tu- gatgan (1912). Peterburg un-tida yapon tili bo’yicha privat-dosent (1914 -16), Tashqi ishlar xalq komissarligi (1917— 18), shim. viloyat axborot byurosinint Sharq bo’limi (1920) singari turli mu- assasalarda xizmat qilgan. 1921 y. P. Toshkentga ishga yuborilgan vaTurkiston Respublikasi Davlat ilmiy kengashi raisining o’rinbosari hamda un-t Pro- fessori sifatida xizmat qilgan. 1923 y.dan boshlab O’rta Osiyo xalklari til- lari b-n faol shu-g’ullangan. 1926 y.da Samarqandga kelib, madaniy qurilish i.t. in-tida xizmat qiladi. 1931 y. shu in- stitut b-n birga Toshkentga ko’chib kela- Di. Nihoyat, 1934 y. Qirg’izistonga ko’chib borib, 1937 y. 2 avg.da qibsga olingunga qadar, Kirg’i-ziston til va yozuv in-ti professori lavozimida ishlaydi. P. Osiyo va Evropadagi ko’p xalklar tillarini bilgan. U lingvistik poetika masalalari, syujetlarning bir milliy adabiyotdan ikkinchi milliy adabiyotga ko’chishi, «Manas» eposi va b. folklor asarlari ustida tadqiqot ishlarini olib borgan. 20 dan ziyod kitob va ko’plab maqolalar b-n umu-miy tilshunoslik, yaponshunoslik, xitoyshunoslik va tur- kiyshunoslik fanlari taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan. P.ning hali e’lon qilinmagan, ammo saqlanib qolgan mero- si orasida O’zbekistondagi dialektolo- gik ekspedisiya materiallarini ta’kid- lash joiz. Afsuski, P. qamoqqa olingach, uning barcha qo’lyozma asarlari olib ke- tilgan va kuydirib tashlangan («Uzbek tilining tadrijiy tarixi», «Xorazm – dagi uzbek shevalarining muxtasar ocher- ki», «Uzbek tili grammatikasi bo’yicha materiallar», «Uzbek dialektologiyasi bo’yicha materiallar» va b.).