POLIVINIL SPIRT

POLIVINIL SPIRT [-SN2-— SN(on)—]p — oq rangli qattiq polimer modda. Mol. m. (5-200)-103. Suyuqlanish t-rasi 225-230°, parchalanish t-rasi 170-230°; zichligi 1270-1300 kg/m3; gigroskopik. Suvda, glikol va gliserin- da eriydi, alifatik va aromatik ugle- vodorodlar (benzin, benzol va h.k.)da deyarli erimaydi. P.s. o’zining murakkab poliefirlari (mas, poli-vinilasetat) ni gidrolizlab olinadi. Polivinilase- tatlar olishda qo’llanadi. Tola, emul- Gator, elim, dorilarni va oziq-ovqat mahsulotlarini quyultirgichlar sifa- tida, xirurgiya ipagi va h.k. tayyorlashda ishlatiladi. P.s. plyonkalari pishiq, gaz o’tkazmay-Di, ozonga chidamli.