Polivinilasetat
Polivinilasetat (movilit, vinilit X, radopas) [—SN2SN— — (OSOSN3)—]» — shaffof, rangeiz, amorf polimer. Mol. m. 10000 dan bir necha mln. gacha (olinish sharoitiga kura). Yumshash t-rasi 30-50°, zichligi 1190 kg/ m3. Ketonlar, murakkab efirlar, Aroma- tik uglevodorodlar va me-tanolda yaxshi eriydi. Suv, alifatik uglevodorodlar, benzin, mineral, moylar va glikollarda erimaydi. Sanoatda P. vinilasetatni eritmada, emulsiyada yoki suspenziyada radikal polimerlash usuli b-n olinadi. Elimlar, taxta, qog’oz va matoga shimdi- riluvchi tarkiblar tayyorlashda, emul- siyali bo’yoklar olishda, betonning si- fatini oshirishda qo’llanadi.