Polsha Fanlar Akademiyasi

Polsha Fanlar Akademiyasi, Polsha Respublikasi Fanlar akademiyasi — Polshaning oliy ilmiy muassasasi. 1952 yil Varshavada tashkil etilgan. O’tmishdoshlari: bilimlar akademiyasi (1873, Krakov) va Varshava ilmiy jamiyati (1907). Akademiyaning 180 dan ortiq haqiqiy, 150 dan ziyod muxbir a’zosi bor. Tarkibida bir nechta bo’lim, 70 dan ortiq ilmiy muassasa, 100 dan ziyod ilmiy qo’mita mavjud.