Poltava
Poltava — Ukrainaning Polta- va viloyatidagi shahar. Viloyat markazi. Vorskla daryosi (Dneprning chap irmog’i) bo’yida. T.y. tuguni. Aeroport bor. Ax- rlisi 319 ming kishi (1997). P. Ukraina- ning yirik sanoat markazlaridan biri. Mashinasozlik va metallsozlik sano- atlari (avtoagregat, kimyo sanoati uchun mashinalar, gazchiroq lampalari, tur- bomexanika ishlab chiqariladi), shahar yalpi sanoat mahsulotining41,2%ni be- radi. Sun’iy olmos va olmos asboblari, tibbiy shisha, chinni va b. z-dlar bor. Engil (ip-yigi-ruv, ko’nchilik, tikuvchi- lik, trikotaj, poyabzal va b. korxona- lar), oziq-ovqat (go’sht, yog’moy k-tlari) va qurilish materiallari sanoatlari rivojlangan. Yogochsozlik, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Oynashisha va badiiy buyumlar ishlab chiqariladi, musiqa asboblari f-kasi mavjud. 5 oliy o’quv yurti, 2 teatr, 6 muzey (shu jumla- dan, muzey-qo’riqxona, «Poltava jangi maydoni», badiiy muzey, V. G. Korolen- koning adabiy-memorial mu-zeyi, Ukra- in yozuvchisi I. P. Kotlya-revskiy muzeyi) bor. Shahar qadimgi solnomalarda, 1174 y.dan, «Ltava» nomi b-n ma’lum (1430 y.gacha shu nomda). 1569 y.dan Polsha, 1654 y.dan Rossiya davlati tarkibida. P.da tari-xiy me’moriy yodgorliklar- dan: kre-stovozdvijensk monastiri so- bori (17-18-a.lar), markazdagi klassi- tsizm uslubida qurilgan ansambl (19-a. dan boshlab), Poltava jangiga bagishlan- gan monumentlar (19-20-a.lar boshlari) saqlangan.