Polvon Kachal

Polvon Kachal, Kachal polvon — o’zbek an’anaviy qo’g’irchoq teatri- ning qahramonlaridan biri. U, asosan, qo’g’irchoq teatrining qo’g’irchoqlar qo’lga kiyib o’ynatiladigan «chodir Jamol» turi tomoshalarida qatnashgan. P.k. to- moshalari 14-a.dan boshlab xalq orasi- da mashhur bo’lib kelgan. P.k.ning bosh qismi yogochdan yasalib, egniga ko’ylak, chopon, boshiga do’ppi (qalpoq) kiydi- rilgan. Kirra burun, baroqqosh, oddiy xalq vakili sifatida namoyon bo’lgan. Qo’g’irchoqboz P.k. qo’g’irchog’ini o’ng qo’li barmoklariga qo’ndirib hara-katga kel- tirgan. Bizgacha turli vari-antlarda «Polvon Kachal sarguzashtlari» kome- diyasi etib kelgan. Komediya ko’pincha 3 ko’rinishli bo’lgan: birida P.k.ning Bi- chaxon ismli qizni sevib qolishi, uchra- shuvi va uylanishi, ikkinchisida o’z iti tomonidan talanishi, uchinchisida P.k. b-n sudxo’r o’rta-sidagi to’qnashuv aks ettirilgan. P.k. ham kulgili holatlarga tushib qoluvchi, fe’l-atvori ham ziddi- yatli qahramon. U butun ziddiyati, ijo- biy va sal-biy belgilari b-n hayotiy, xalqchildir. U hamisha xushchaqchaq hodsa hayotida uch-ragan to’siqlarni engib o’tgan, yomon amaldor va sudxo’rlarni fosh etgan, adolat va rostgo’ylikni himoya qilgan. P.k. dunyodagi Koragyoz (Turkiya), pul- chinello (Italiya), Polishinel (Fran- tsiya), Ponch (Angliya), petrushka (Rossiya) kabi qo’g’irchoq teatri qahramonlaridan. Ad.: Gavrilov M., Kukolniy teatr Uzbekistana, T., 1928; Qodirov M., Xalq qo’g’irchoq teatri, T., 1972. Muhsin Qodirov.