Polyaron

Polyaron — inersion qutblanuvchi dielektrik muhitda elektronning barqaror kvant holati, kvazizarra. Bu holatda elektron o’zining elektr maydoni b-n muhitning lokal (chek- li) qutblanishini hosil qiladi. Mu- hitning lokal qutblanishi qam, o’z na- vbatida, elektronga ta’sir etib, uni lokal qutblanish sohasida xara-kat qilishga majbur qiladi. Natijada lo- kal tebranib turgan elektronning lokal qutblangan muhit b-n o’zaro «bog’langan» holati paydo bo’ladi. P.ning spini 1/2 ga teng, ya’ni P. fermion hisoblanib, Fer- mi — Dirak statistikasiga bo’ysunadi. Dielektrik va yarimo’tkazgichlarning ba’zi xossalari P. yordamida tushun-ti- riladi.