Pomir-Farg’ona irqi

Pomir-Farg’ona irqi, ikki Daryo oralig’i irqi — katta evropeo- ID irqiga mansub bo’lgan irqlardan biri. L.V. Oshanin «O’rta Osiyo ikki Daryo oralig’i tipi», A.I.Yarxo «Pomir- Farg’ona tipi» deb atagan. P.-F.i.ga quyidagi xususiyatlar xos: pigmentasi- yasi qora, soqoli siyrakroq yoki qalin, sochi to’g’ri yoki sal jingalak, yuzi cho’ziq va keng, qirra burun, qanshari tik va keng, ayrim guruxlarida mongoloid irk aralashgan. Paleoantropologiya ma- teriallari bu tipdagi aholining tub xalq ekanligini ko’rsatadi. P.-F.i.ni L.V.Oshanin 3 ga ajratgan: 1) tog’liklar — tog’lik tojiklar; 2) Jan.-G’arbiy Po- Mir bo’yidagi kam sonli qabilalar (ru- Shan, Shug’non, Vohon); 3) tekislikdagilar — O’zbekistonda yashovchi o’zbeklar, shu- ningdek, tojik va uyg’urlarning ayrim guruhlari.