Pont podsholigi
Pont podsholigi (Pont) – Kichik Osiyodagi ellinistik davlat (miloddan avvalgi 302/301 — 64). Qora dengizning Janubiy sohilida joylashgan. 2-asr oxirida, Mitridat VI davrida ayniqsa ravnaq topgan. U Bospor podsholigi va boshqa hududlarni bosib olgan. Mitridatning Rim bilan qilgan 3 urushi (89-84; 83-81; 74-64) Pont podsholigini Rimga tobe etilishiga va saltanat hududini 64-yil Rim davlati tarkibiga qo’shib yuborilishiga olib kelgan.