Ponton ko’prik
Ponton ko’prik – odamlar va transport o’tishi uchun mo’ljallangan suzib yuradigan ko’prik. Pontonlar ustiga qilinadi. Vaqtinchalik (masalan, Lentasimon ko’prik) va doimiy Ponton ko’priklar bor. Vaqtinchalik Ponton ko’prik (masalan, harbiy ishda) yig’ma qilinadi. Ponton ko’prikning transport qatnaydigan qismi metall yoki yog’och ustunlar va to’sinlarga tayanadi. Ba’zan, kemalar o’tib ketishi uchun Ponton ko’prikning bir qismi ochib-yopiladigan qilinadi. Ponton ko’prik, ayniqsa, urush paytlarida qo’l keladi.