Poplin

Poplin (ital. papelino — papaga tegishli; dastlab, Avintonda Rim Pa- pasi qarorgohida olingan, deb taxmin qilinadi) — ko’ndalang qavariq yo’llari bor polotno o’rilishli (q. O’rilish) gaz- Lama. Ko’ndalang qavariq yo’llar ingichka tanda iplarining yo’g’onroq arqoq ipla- ri b-n o’rilishidan hosil bo’ladi. P. asosan paxta tolalaridan yoki kimyoviy tolalardan, ba’zan, tabiiy ipak (tan- da) va jun (ar-qoq)dan to’qiladi. P.ning tanda bo’yicha zichligi (qalinligi) arqoq bo’yicha zichligidan 1,5—2 marta yuqori bo’ladi. P. oqartirib, sidirg’a bo’yalib va gul bosilib ishlab chiqarilishi mumkin. P.dan bluzalar (kamar bog’lab kiyiladi- gan keng ust ko’ylak), erkaklar ko’ylagi va b. tikiladi.