Popov Aleksandr Stepanovich

Popov Aleksandr Stepanovich (1859.4.3, Sverdlov viloyati — 1905.31.12, Peterburg) — rus fizigi va elektrotexnigi, radio ixtirochi- si. Elektrmagnit to’lqinlarni amaliy maqsadlarda qo’llash asoschilaridan biri. P. elektrmagnit to’lqinlar kuku- ni detektori (Branlilodja ko-gereri)ni takomillashtirdi (1895) va uning aso- sida elektr signallarini simsiz uzata- digan qabul qilgich (priyomnik)ni (ya’ni radioaloqa-ni) yaratdi. Nihoyat 1895 y. 25 apr. kuni o’zi yaratgan radiopriyomnik- ni namoyish qildi. U radioto’lqinlarni 1897 y. ba-horida 600 m masofaga, 1897 y. yozida 5 km masofaga, 1901 y. 150 km maso- faga uzatishga erishdi. P. gaz razryadla- rini qayd qiladigan asbob («yashin qayd qilgich») ni ham yaratdi (1895). Parijda 1900 y. utkazilgan xalqaro ko’rgazmada P. oltin medal b-n takdirlandi.