Portret

Portret (Frans. portrait — tas- vir) — 1) tasviriy san’at janri; Real hayotda mavjud bo’lgan yakka, ikki yoki bir guruh kishilar, rassom tasavvuri- da paydo bo’lgan xayoliy qiyofalarning tasviri. Rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, shuningdek, foto san’atining muhim janrlaridan biri. P. asosida aniq shaxsning qiyofasini aba-diylash- tirish yotadi. P.ning muhim tomoni tas- VIRning tasvirlanuvchi (model, asli) ga aynan o’xshashligidir. Ijodkor P. orqali tasvirlanuvchi shaxsning ma’- naviy dunyosini, ijtimoiy hayotdagi o’rnini, kasbi, jamiyatdagi mavqeini aks ettiradi va uning shu jihatlari orqali davr xususiyati, siyosiy iqtisodiy ahvol haqida ma’lumot bera oladi. Rassomning kasbiy maho-rati, P. ishlash uchun tan- lagan materiallari esa uning yaratgan asarlariga takrorlanmas o’ziga xoslik baxsh etadi. Tarixan P.ning xilma-xil tur va ko’rinishlari shakllangan: ishla- nish usuli, bajaradigan vazifasi, shak- li, mazmuniga ko’ra, dastgoh (kartina, byust, grafika varag’i) va monumental (monu-mental Xdykal, freska, mozaika), tan-Tanavor parad va intim, xajviy, satirik P. tarzida tasvirlanuvchining faqat bosh qismi, beligacha, butun bo’y- basti b-n old va yon tomonidan ishlanishi mumkin. Shuningdek, turli tarixiy dav- rlarda nishon, tanga, medallar yuzasiga (medal yasash sanati) ishlangan, Gemma (gliptika), medalonlarda miniatyura P. kengtarkalgan. P. janridagi bir asarda ko’pincha bir necha janrlar qo’shilishi mumkin. P.da tasvirlanuvchi sof holda (zaminsiz, ya’ni atrof muhitni aks et- tirmasdan), tinch xrlatda yoki biror FA-oliyati b-n ma’lum muxitda ishlanishi mumkin. Shu tu-fayli shartli ravishda P.ni P. va P. -kartina (janrli P.)ga ajratiladi. P.ning keng tarkalgan tur- laridan biri — avtoportret. Tasvir- lanayotgan kishilar soniga ko’ra, yakka, qo’shaloq va guruh P.larga bo’linadi. P. san’ati qadimda paydo bo’lgan. Qad. Misrda P.ning noyob namunalari (hay-kaltaroshlikda — Exnaton, ne- fertiti va b. haykallar) yaratiladi. Yunonistonda shoir, faylasuf va dav- lat ar-boblarining umumlashma, ideal- lashtirilgan haykal P.lari ishlandi (haykaltarosh Alopekli Demetriy, Li- Sipp va b.), ellinizm davrida drama- tik obrazlar yaratishga intilish kuchay- Di. Antik davr xaykaltaroshlik P.i Qad. Rim san’atida yuksak cho’qqisiga ko’tarildi, aniq shaxsga e’tibor oshdi. P.da shaxsning individual fazilatlari- ni aniq ko’rsatish, ruhiy kechinmalarini ochish jarayoni sezilarli o’rin egalladi, qaykal va byustlar b-n bir katorda tan- ga va medallar, gemmalarga P., shuning- dek, rangtasvir P. ishlash keng tarqaldi. Dastgoh P.ining rangtasvir namunalari bo’lgan Fayyum P.lari (Misr, 1-4-a.lar) ham antik san’at an’analari ta’sirida rivojlandi. O’rta asrlarda qat’iy liniy krnun- lar b-n cheklangan P. cherkov-me’moriy ansamblining ajralmas qismiga aylan- Di. Ijodkorlar P.da podsho, din axlla- rining obrazlarini yaratdilar, diniy mazmundagi P.larda aniq shaxslarning fazilatlari, xususiyatlarini ifoda- ladilar. O’rta asrlar Xitoy ustalari asarlarida aniq shaxslar ko’pincha o’ziga xos fazilatlari b-n, yapon rassom va haykaltaroshlarining ayrim P.larida o’tkir psixologik holat aks ettirildi. Uyg’onish davrida P.ning rangtas- vir, haykaltaroshlik va grafika tur- lari yuksak taraqqiy etdi. Faol, o’z qadr-qimmatini biladigan qo’rqmas, Jasur inson qiyofasi bu davrning bosh qahramoniga aylandi. Borliqni ilmiy asosda o’rganish va shu bilimlarni ama- liyotda qo’llashga intilishlar P.ning yangi tizimini yuzaga keltirdi. Endi- likda tasvirlanuvchi noreal makon va muhitda emas, balki insonga yaqin bo’lgan tabiat qo’ynida aks ettirildi. Monumental rangtasvir asarla- ridagi personajlar orasida rassom o’zining qiyofasini ham ishlay boshla- Di. Bu jarayon keyingi davr san’atida yanada rivojlantirildi (rassom Jotto, Mazachcho, A. del Kastano, D. Girlan- dayo, S. Bottichelli, Pero dela Fran- cheska, J. Bellini; haykaltarosh N. Pi- zano, Donatello, A. Verrokko; dastgoh haykaltaroshligida Deziderio da Setti- Nyano, Antonio Rossellino; medallarda A. Pizanello). Yuksak Uyg’onish davri buyuk ijod- korlari Leonardo da Vinchi, Rafael, Jorjone, Tisian, Ya. van EYK, Rogir van der Veyden, A. Dyurer, Katta Lukas Kranax, kichik Xolbeyn va b. P.dagi ob- razlar mazmunini chuqurlashtirdilar, 17-a.ga kelib demokratik karashlarning ortib borishi insonga chuqur muhabbat b-n sug’orilgan, nozik his-tuyg’ularni anglash va tasvirlashga qaratilgan to’laqonli va harakatga boy P.larni may- donga keltirdi, guruh P. rivojlana bosh- ladi (Rembrandt, Xale va b.). Avtopor- tret shu izlanishlar mahsulidir, rassom inson ruhida bo’ladigan o’zgarishlarni o’z qiyofasida, qarash, yuzdagi mimic o’zgarishlarda ifodalashga harakat qildi. 18-a. P.ida shaxsning ijtimo- iy mavqei, jamiyatdagi o’rni haqqoniy aks eta boshladi (Frantsiyada — J. B. S. Sharden, J. A. 19-a. P. san’ati uslublarga boy va rang-barang. Klassisizm, romantizm, tanqidiy realizm shu davrda ishlangan P.largata’sir etdi. Inqilobiy ruh b-n sug’orilgan (J. L. David), ko’tarinki ro- mantik ruhda ishlangan (T. Je-Riko, E. Delakrua. O. A. Kiprenskiy, K. P. Bryul- lov), kinoyaga boy (F. Goyya) asarlar P. san’atini va uning rang-barangligini namoyon qiddi. 19-a. oxirgi choragida P.da tasvirlanuvchining ruhiy holatlarini tabiat b-n bog’lay boshladilar. P.da ham impressionistlar (E. Mane, O. Renuar, O. Roden va b.), postimpressionistlar (P. Sezann, Van Gog) tasvirlanuvchining o’zgarmas shakli orqali uning to’laqonli obra-zini yaratishga, shakllar harakatida dramatik holatlarini ko’rsatishga in- tildilar. 20-a. P. san’ati murakkab va ziddiyatlidir. Bir tomonda realistic P. o’z imkoniyatlarini yanada chukurlash- tirib, inson fe’lidagi butun nozik o’zgarishlarni to’liq ochishga, uning fal- Safiy-dunyoviy o’y-xayollari, tasavvur va taxminlarini aks ettirishga, uning plastik tomonlarini kuchaytirishga in- tilsa (Germaniyada — K. Kol-vis, E. Barlax; Frantsiyada — Sh. Des-po, GG. Pikasso, A. Matiss; Italiyada Modilya- ni, R. Guttuzo; Meksikada — D. Rivera, D. Sikeyros; AQShda — E. Uayet; Yapo- niyada — Seyson Maeda; Rossiyada I. D. Shadr, M. V. Nesterov. P.D. Korin va b.), ikkinchi tomonda shu davrda keng yoyila boshlagan modernizm uslubi P.ga o’z ta’- sirini o’tkazdi. Bu yo’nalish tarafdorla- ri shu bo-Rada tajriba ishlarini olib borib shakl, chiziq, rang, faktura imko- niyatlaridan foydalangan holda obraz yaratishga harakat qildidar. Sharq (O’rta Osiyo, Afg’oniston, Eron, Hindiston va b.) miniatyura san’ati- da P.ning Nodir namunalari yaratilgan (Rizo Abbosiy va b.). Jumladan, o’zbek P. san’ati ham boy tarixga ega. Bu san’- at namunalari qad. va o’rta asrlar san’- atida uchraydi (Yunon-baq-triya, Xorazm, Kushan podsholarining haykal va tanga yuzalariga ishlangan bo’rtma tasvirla- ri), Amir Temur va te-muriylar, Shaybo- niylar hamda Boburiylar davri san’ati (Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahhib, Muhammad Murod Samarqandiy va b.) dagi mini-atyuralarda ma’lum darajada taraqqiy etgan. Nafis (mo»jaz rasm) mi- niatyura taraqqiyoti davomida bir asar ustida bir necha san’atkorlar ijodiy hamkorlik qilgan, kishilar qiyofasi, yuzini tas-virlovchi musavvir nomiga chehrakushoy (yuzni ochuvchi) yoki chexra so’zi qo’shilgan. Ayniqsa, boburiylardan Akbar va Jahongir davrida ayrim shax- slar tas-viri b-n birga guruh (ko’plab a’yonlar ishtirokidagi) P. yaratish taraqqiy etgan. Ushbu P.lardan keyin- chalik evropalik rassomlar (Rembrandt, J. Reynolds va b.) ma’lum darajada o’rgangan, ilhomlangan. 20-a.ning 30— 50-y.laridan zamonaviy rangtasvirdagi P. rivojlandi. Shu davrda P.ning hamma ko’rinishlari (P., avtoportret, guruh P., P. -kartina, tarixiy P. va h.k.)da asar- lar yaratildi. Bahrom h&itsamhhy, L. Na- sridtsinov, Sh. Hasanova, A. AB-dullaev, O’. Tansiqboev, M. Nabiev va b. P.ning dastlabki namunalarini yaratdilar, 50— 60-y.lardan P. ning diqqatga sazovor na- munalari yaratildi: «Uzbek portreta» (O’. Tansiqboev, 1927), «Alisher Navoiy» (V. Kaydalov, 1940, 1947), «Abu Rayhon Beruniy» (M. Nabiev, 1950, 1972), «M. Turg’unboeva» (Ch. Ahmarov, 1951), «Yunus Raja-biy» (N. Qo’ziboev, 1954), «Keksa kol-xozchi portreti» (R. Ahmedov, 1956), «Hamza» (M. Saidov, 1968) va b. Bugun- gi kunda uzbek P. chiligi jahon san’ati rivoji fonida o’z mavqei va o’rniga ega. B. Jalolov, A. Ikromjonov, S. Raxmetov va b.ning asarlarida zamon ruhi Sharq va G’arb san’ati an’analari sil-silasida o’z aksini topgan. 2)badiiy adabiyot — personaj tashqi qiyofasining tavsifi, tas-viri; badiiy obraz yaratish vositalaridan biri. P. xa- rakteri asar janriga hamda yozuvchining ijodiy metodi va individual uslubi xususiyatlariga boglik bo’ladi. Odatda, P. personaj xa-rakterining yozuvchi eng muhim deb hisoblagan jihatlarini ochib beradi. P. adabiyotda qadimdan mavjud. Tasvir vositasi sifatidao’zgarib tako- millashgan. Xalq og’zaki ijodida inson individu-achlashgan shaxs sifatida tas- virlanmaganligi uchun uning P. i ham ko’pincha mavhum, umumiy xarakterga ega. Folklorda P. mifologik, fantastic yoki an’anaviy tarzda yaratiladi. Shuning uchun aniq ijtimoiy, tarixiy, milliy va individual belgilardan mahrum bo’ladi. Mac, «Alpomish» dostonida devlar P.i mubolag’a b-n berilgan: To’qson qarich edi uning hassasi, Sarhovuzdan katta edi kosasi. Qad. G’arb va Sharq adabiyotlarida ham P. ko’pincha mavhum, an’anaviy xarak- terda bo’lgan. Mac, g’azallarda yorning tashqi qiyofasi oy, quyosh, yulduz, tun va kun kabi narsalarga nisbatda kursatil- gan. Realist yozuvchilar tashqi qiyofani batafsil tavsiflaydilar, unda davr va hayot tarzi b-n bog’liq holda ro’y bergan o’zgarishlarni aynan aks etti-radilar (mas, Abdulla Qodiriy, oy-bek). 19-a. da P.ning ichki yoki psixologik (ruhiy) P. deb atalgan turi tarqalib, unda Per- sonajning xarakteri — belgilari va ruhiy kechinmalari majmui ochib beri- ladi (Abdulla qah-xrr, Odil Yoqubov). Adabiy P. — atoqli shaxs, ya’ni yozuvchi, rassom, jamo-at arbobining hayoti va ijodi haqidagi ocherk alohida janr XI- soblanadi Ne’mat Abdullaev, Abdumajid Ma- draimov.