Povidlo

Povidlo (polyakcha, povidla) — me- valar, rezavor va shakardan tayyorlanadi- gan shirinlik. Olma, nok, olxo’ri, o’rik va b. mevalar yoki ularning aralashma- si pyuresi (bo’tqasi)ga shakar (odatda 1 dan 1,8 qismgacha pyurega 1 qism shakar) qo’shib qaynatib tayyorlanadi. Tabiiy kislotasi past bo’lgan pyurega limon yoki b. oziq-ovqat kislotasi qo’shiladi. Tayyorlangan mevalar ozgina suv solin- gan idishga solinib, qopqog’i berk holda 10-20 min. qaynatiladi. Mevalar pi- shib yumshagach, shakar qo’shiladi va ochiq idishda quyulgunga qadar (taxm. 1-1,5 soat) kavlab turib pishiriladi. Tayyor P. tarkibida 34% dan ortiq namlik, kami- da 60% shakar; 100 g P.da 250-260 kkal bo’ladi. Tayyor P. quruq shisha idishlarga solinib, usti temir qopqoq, tsellofan yoki pergament qog’oz b-n yopiladi. P.ni salkin va quruqjoyda 8-9 oy saqlash mumkin.