POYKILOTERM HAYVONLAR
POYKILOTERM HAYVONLAR (Yun. poikilos — har xil, o’zgaruvchan va therme — issiq) — sovuq qonli, tana haro-rati tashqi muhit harorati ta’si- rida o’zgarib turadigan hayvonlar. P.h.ga barcha umurtqasizlar, baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruv- chilar kiradi. P.h. tanasi harora-ti tashqi muhitga nisbatan 1-2° yuqori yoki tashqi muxdgga teng. Ko’pchilik P.h. tana harorati quyosh nuri yoki muskullar qisqarishi tufayli ko’tariladi. Harorat optimal chegaradan oshganida P.h. karaxt bo’lib qoladi yoki halok bo’ladi. Termo- regulyasiya mexanizmining rivojlanma- ganligini nerv sis-temasining nisbatan kam rivojlanganligi, moddalar Alma- shinuvining sekin borishi (issiqqonli hayvonlarga nisbatan 20-30 marta past), qon aylanish sistemasining tutash bo’lmasligi, arteriya va vena qonining AJ-ralmaganligi b-n tushuntirish mum- kin (yana q. Termoregulyasiya).