POYTAXT

POYTAXT — davlatning bosh shahri, mamlakatning ma‘muriy-siyosiy markazi. Poytaxt, odatda, markaziy (umummilliy) hukumat, parlament va sud muassasalari qarorgohi hisoblanadi. Odatda, Poytaxt alohida boshqaruv tartibi bo’lgan mustaqil ma‘muriy birlikka ajratiladi. Ko’pchilik federativ davlatlarda Poytaxt federatsiyaning biron-bir sub‘yekti tarkibiga kirmaydigan va federatsiyaning mustaqil sub‘yekti hisoblanmaydigan maxsus federal okrug hududida joylashgan bo’ladi.