PRAYMERIZ

PRAYMERIZ — AQSHda dastlabki saylovlarni o‗tkazish orqali deputatlikka nomzodni ko’rsatish. Tegishli partiyani qo’llab-quvvatlovchi saylovchilar saylov o’tkazish yo’li bilan o’zlari qo’llab-quvvatlagan nomzodni deputatlikka nomzod sifatida tavsiya etishni hal etadilar. Ochiq praymerizda saylovchi o’zining biror-bir partiyaga mansubligini isbotlashi shart emas. Saylovchi qaysi partiyaning nomzodiga ovoz bermoqchi bo’lsa, saylov bo’yicha mas‘ul bo’lgan shaxsdan o’sha partiyaning saylov byulletenini oladi. Yashirin praymerizda esa saylovchi o’zining muayyan partiyaga mansubligini isbotlashi kerak: qasamyod keltirishi yoki kelajakdagi saylovlarda aynan shu partiyaga ovoz berish uchun bayonot berish zarurdir.