Prazeodim

Prazeodim [Yunoncha prasios — och yashil (tuzlarining rangiga ko’ra) va dymos — egizak (bu nom kashf qilinish tarixi bilan bog’liq), lotincha Praseodymium], Rg — Mendeleyev davriy sistemasining 111 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 59, atom molekulasi 140,9077. Lantanoidlar jumlasidan. 1 ta turg’un izotopi bor. Sun’iy radioaktiv izotoplari olingan. Prazeodim monasit, loparit, bastnezit va boshqalar. Nodir-yer minerallarida bo’ladi. Suyuqlanish temperaturasi 935°, zichligi 6,78 g/sm3. Birikmalarda 3 valentli. Prazeodim va uning birikmalari shisha va sirlarni bo’yashda, maxsus po’latlar va olovbardosh yengil qotishmalar ishlab chiqarishda qo’llanadi.