Pregl (Pregl) Fris

Pregl (Pregl) Fris (1869.3.9, Laybax, hozirgi Lyublyana, Yugoslaviya — 1930. 13.12, Gras) — avstraliyalik kimyogar. Insbruk (1910 yildan) va Gras (1913 yildan) universitetlari professor. Oz miqdorda (2— 6 mg) analiz qilinadigan birikmalardagi elementlar va funktsional guruhlarni aniqlash usullarini ishlab chiqib miqdoriy organik mikroanalizga asos soldi. Pregl ishlab chiqqan usullar gormonlar, vitaminlar va boshqa murakkab tabiiy moddalarni sintez qilishning tez rivojlanishiga imkon berdi. Nobel mukofoti laureati (1923).