Premchand
Premchand (taxallusi; asl ism-sharifi Dhanpatray Shrivastav) (1880.31.7, Lamhiy — 1936.8.10, Bano- ras) — hind yozuvchisi va publisisti. Hindiston taraqqiyparvar yozuvchilar uyushmasi (1936)ning asoschilaridan biri. Urdu va hind tillarida ijod qilgan. Ijodi 20-a.ning ilk yillaridan boshlangan. Asarlarida xalqning siyosiy uyg’onish jarayoni, uning ijtimoiy haq-huquklari va mamlakat ozodligi uchun kurashi aks etgan. Dastlabki hikoyalar to’plami «Vatan dardi» (1909) siyosiy dolzarb mavzuda bo’lgani sababli Muso- dara qilingan. So’nggi roman va xikoya- larida badiiy maxrrati eng takomiliga etgan. «Qismat» («Gaodaan», 1936) Roma- ni mashhur. P.ning ba’zi asarlarida Ma- xatma Gandining ta’siri bor. P. urdu va hind tilida 40 ga yaqin hikoyalar to’plami, 13 roman, qissa, bir qancha pesa va publisistik maqolalar hamda tarjimalar muallifi: «Sevgi maskani» («Premashram», 1922), «Nir- mala» (1923), «najot» («g’aban»), «jang maydoni» («Karmabhumiy», 1932) va b. Asarlari turli tillarga, jumladan, o’zbek tiliga tarjima qilingan («jang maydoni», «fidoyi», 2003). As: bir kelin hikoyasi [hikoyalar to’pla-mi], T., 1973; Rama haqida qissa, T., 1970; najot [roman], T., 1975. Ad.: Balin V., Premchand — novel- list, L., 1973; Premchand. Biobibliogra- ficheskiy ukazatel, M., 1962. Ansoriddin Ibrohimov.