Presipitatsiya

Presipitatsiya (lotincha— pastga tez tushish), cho’kish — serologik reaktsiya; antigenlar komleksining antitelolar bilan cho’kma hosil qilishi. Bemor yoki vaktsina yuborilgan kishilar, shuningdek, immunlangan hayvon qon zardobidagi antitelo miqdorini aniklashga imkon beradi. Presipitatsiya immunodiagnostikada bir qator infektsion kasalliklarga (kuydirgi, difteriya va boshqalar) diagnoz qo’yishda, shuningdek, sud tibbiyotida qon, a’zo yoki to’qimaning kimga taalluqli ekanligini aniqlashda va boshqa hollarda qo’llanadi.