PRESS-KONFERENSIYA

PRESS-KONFERENSIYA (ing. press-conference, fr. presse – vaqtli matbuot va lot. conferentia – yig’ilish, kengash) — rasmiy, davlat, davlat arboblari, olimlarning va h.k. matbuot, radio, televideniye, telegraf-axborot agentliklari bilan keng ijtimoiy qiziqish tug’dirayotgan masalalar bo’yicha uchrashuvi, suhbati.