Press-qolip

Press-qolip — keramika, me- Tall, plastmassa, rezina va b. materi- allarni presslash yo’li b-n ma’lum shakldagi hajmiy buyum (zagotovka)lar olishga mo’ljallagan moslama. Dastaki, yarim avtomatik; olinadigan, yarim oli- nadigan, muqim (stasionar); ajratish tekisligi gorizontal hamda vertical xillari bor. P.q.da bir yoki bir necha shakl bo’shliqlari bo’lishi mumkin. Ichi hovol buyumlarni tayyorlashda ularning ichki bo’shliqlariga puanson (sterjen) lar b-n shakl beriladi. P.-q. uglerodli yoki legirlangan po’lat, rangli metal- larning qotishmalari, gips va b.dan tayyorlanadi. Material va olinadigan zagotovkaga qarab, P.-q.da ma’lum t-ra saqlanadi. Buning uchun plita teshigi orkali keltiriladigan bug’yoki issiq suv, elektr qizdirish elementlari va b.dan foydalaniladi. P.-q. ichki yuzasi yuqori anikdikda silliklanadi, pardoz- lanadi va xrom eritmasi b-n krplanadi. P.-q. avtomobilsozlik, radiotexnika, elektrotexnika sanoatlarida, sanitariya texnikasi jihozlari tayyorlashda keng qo’llaniladi.