Priapulidlar

Priapulidlar (Priapuliada) – tuban chuvalchanglar guruhi. Uzunligi 2 millimetrdan 10 santimetrgacha. Gavdasi chuvalchangsimon, gavda bo’shlig’i parenxima bilan to’lgan. Gavdasining oldingi qismi — xartumi maxsus muskullar yordamida ichkariga tortib olinadi. Ichagi to’g’ri, og’iz va anal teshiklari rivojlangan. Qon aylanish sistemasi yo’q. Ayirish organlari Protonefridiylar. Nerv sistemasi xalqum atrofi nerv halqasi va qorin nerv stvolidan iborat. Ayrim jinsli. 7 uruqqa mansub 11 turi iliq suvli dengizlarda tarqalgan. Yirtqich, suv tubidagi uyalarda yashaydi.