Prizma

Prizma (Yunoncha prisma — qirqilgan, arralangan) — ikki yog’i (Prizmaning asoslari) teng va parallel ko’pburchak, boshqa yoqlari (Prizmaning yoqlari) parallelogram bo’lgan ko’pyoqlik. Parallelogrammlar Prizmaning har ikki asosi bilan umumiy tomonlarga ega bo’lishi kerak. Prizmani yo’naltiruvchisi ko’pburchak bo’lgan tsilindr deb qarash mumkin. Yon qirralari asosiga perpendikulyar bo’lgan Prizma to’g’ri , aks holda og’ma Prizma deyiladi. Asosi muntazam a b v g ko’pburchakdan iborat to’g’ri Prizma muntazam deyiladi. Asosining shakliga qarab Prizma uch burchakli, to’rt burchakli va boshqalar deb yuritiladi. Prizmaning hajmi asos yuzi bilan balandligi (asoslari orasidagi masofa) ko’paytmasiga teng.