Prizren

Prizren — Serbiyadagi shahar, Kosova va Metoxiya o’lkasida. Prizrenska-Bistrisa daryosi bo’yida. Aholisi 300 ming kishi (2001). Hunarmandchilik Markazi, rangli metallardan turli buyumlar ishlab chiqarish, yog’och o’ymakorligi rivojlangan, gilam to’qiladi. Ipak gazlama, ko’n-teri, vinochilik korxonalari bor. Me’moriy yodgorliklardan cherkov (10-14-asrlar), masjidlar (16— 17-asrlar) saqlangan.