Prjevalskiy oti

Prjevalskiy oti (Equus przewalskii) — otlar turkumiga kira- digan toq tuyokli hayvon, otlarning hozirgacha saqlanib qolgan haqiqiy yov- voyi turi. Markaziy Osiyoda N. M. Prje- valskiy tomonidan topilgan (1879 y.) va tavsiflab berilgan. Bo’yi past, kallasi katta, bo’yni kalta va yo’g’on, ayg’irining yag’rin bal. 125-135 sm, gavdasi uz. 230 sm gacha, oyoklari ingichka, vazni 300 kg gacha. Biyasi ayg’iridan kichikroq. Yoli qisqa va tik turadi, peshona yoli yo’q. Tuey — saman, yoli va dumi to’q qora va kalin, 5-20 ta biya uyur bo’lib yashay- Di. Ularni bitta ay-g’ir boshqaradi va himoya qiladi. Juda ehtiyotkor. Cho’l o’simliklari b-n oziqlanadi. Bo’g’ozlik davri 11 oy, 1-2 ta bola tug’adi. Shim.- G’arbiy Xitoy va Mongoliya (Jung’oriya) cho’llarida yashagan. Oxirgi marta uni 1967 va 1969 y.larda uchratishgan. Qo’lga qiyin o’rga-nadi. Uy otlari b-n duragay- lari nasl berish qobiliyatiga ega, eshak va zeb-ralar b-n chatishtirib olingan du- ragaylari avlod bermaydi. P.o. yovvoyi otlarning yagona turi sifatida muhofaza qilinadi. Jahondagi qo’riqxona va hayvonot bog’larida, jumladan, Askaniya- Nova qo’riqxonasida P.o. boqiladi.