Professor

Professor (lot. professor — dare beruvchi, o’qituvchi) — oliy o’quv yurti o’qituvchisi yoki i.t. muassasasi Xodi-mi- ning ilmiy unvoni, lavozdmi. P. atama- si dastlab Rim imperiyasi (mil. AV. 1-a. o’rtalari — mil. 5-a. boshlari)da gramma- tika va voizlik maktabi o’qituvchilariga nisbatan qo’llangan. O’rta asrlarda diniy maktab muallimlari, 13-a.dan boshlab, un-tlar paydo bo’lgach, un-t o’qituvchilari P. deb atalgan. O’rta aerlarda P. atamasi olimlik belgisi sifatida magistr yoki fan dri ilmiy darajalari ma’nosini bergan. Un-tlarda kafedralar tashkil etilishi va maxsus P.lik lavozimlari joriy etilishi b-n P. oliy ilmiy dara- ja tushunchasidan tashqari, un-tlarning etakchi o’qituvchisi ilmiy unvonini an- glatadigan bo’ldi. O’zbekistonda 20-a. boshlaridan dastlabki P.lik unvoni berila boshladi. Fitrat birinchi uzbek P.i hisoblanadi. O’zbekistonda P.lik unvoni oliy o’quv yurtlari yoki i.t. muassasala- ri ilmiy Kengashining tavsiyasi b-n O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attesta- tsiya komissiyasi (OAK) tomonidan be- riladi. Mamlakatimizda P.lik unvoni- ni berishda O’zR Vazirlar mah-kamasi huzuridagi OAK Rayosatining 1996 y. 25 yanv.dagi qarori b-n tasdiqlangan «Ilmiy unvonlar berish to’g’ri-sida Nizom»ga amal qilinadi. Ushbu Nizomga ko’ra, P. unvoni quyidagilarga berila- Di: a) tanlov yo’li b-n kafedra mudiri, P. lavozimiga saylangan yoki shartno- ma asosida shu lavozimlarda ishlayotgan yoxud oliy o’quv yurtining rektori (o’quv yoki ilmiy ishlar bo’yicha prorektori), malaka oshirish in-ti yoki unga tenglash- tirilgan o’quv yurtining direktori (Di- rektori o’rin-bosari) lavozimida 1 o’quv yili muvaffaqiyatli ishlagan, kamida 5 y.lik pedagogik ish stajiga ega bo’lgan fan D-rlariga; b) oliy o’quv yurtining i.t. bo’limi (bo’linmasi, sektori, lab.) mudiri (boshlig’i), bosh ilmiy xodimi, etakchi ilmiy xodimi lavozimiga tanlov yo’li b-n utgan yoki attestasiya tartibida tayinlangan hamda 5 y.lik ilmiy stajga ega bo’lgan va mazkur lavozimlarda kami- da 1 y. yaxshi natija ko’rsatib ishlagan fan D-rlariga; v) xalq xo’jaligining yirik mutaxassisi bo’lgan va pedagogik ishga jalb qilinib, tanlovdan o’tgan yoki shartnoma asosida ishlayotgan oliy o’quv yurtining kafedra mudiri, P. i yoki rektori (o’quv yoki ilmiy ishlar bo’yicha prorektori), malaka oshirish in-ti yoki unga tenglashtirilgan o’quv yurtining direktori (direktori o’rinbosari) lavo- zimlarida 1 y.dan beri sama-rali ishla- yotgan fan D-rlariga; g) oliy o’quv yurti yoki unga tenglashtirilgan o’quv yurti- ning kafedra mudiri yoki P. ittavozimi- ga tanlov bo’yicha saylanib, kamida 5 y. pedagoglik ish stajiga ega bo’lgan va shu lavozimlarda 2 y. muvaf-faqiyatli ishla- gan O’zR, Qoraqalpog’i-ston Respublikasi xalq artistlari, hofizlari, rassomla- ri, me’morlari, o’qituvchilari, yozuvchi- lari, shoirlari, xizmat ko’rsatgan fan va san’at arboblari, xizmat ko’rsatgan artistlar, rassomlar, me’morlar, tre- nerlar, madaniyat xodimlariga berilishi mumkin; D) tanlov yo’li b-n kafedra P. i lavozimiga saylangan va bu lavozimda 2 y. muvaffaqiyatli ishlagan madaniyat, me’morlik, san’atshunoslik in-tlari IX-tisoslashgan kafedralarining oliy ma’lumotli, dosent ilmiy unvoni va ka- mida 10 y.lik pedagogik ish stajiga ega bo’lgan yuqori malakali mutaxassislari- ga berilishi mumkin; e) dosent ilmiy unvoni bo’lgan va madaniyat, me’morlik, san’at, jismoniy tarbiya, sport hamda muhandislik grafikasi (chizma geom.) sohasida ixtisoslashgan kafedra Mudi- ri yoki P.i lavozimida ishlab turgan, oliy ukuv yurtlarida kamida 10 y.lik pedagogik ish stajiga ega, shu lavozimda kamida 1 y. samarali ishlagan fan nom- zodiga berilishi mumkin; yo) respublika i.t. muassasalarida bo’lim (bo’linma, sek- tor, lab.) mudiri (boshlig’i), bosh ilmiy xodim, etakchi ilmiy xodim lavozimiga tanlov yo’li b-n saylangan yoki attesta- tsiya tartibida tayinlangan yoxud direk- tor, direktor o’rinbosari, ilmiy kotib, ilmiy raxbar, maslahatchi lavozimini egallab turgan, kamida 5 y.lik ilmiy staji bo’lgan va shu lavozimda kamida 1 y. yaxshi ishlagan fan D-rlariga beriladi. Ular pedagogik amaliyotda foydalanila- yotgan ilmiy va o’quv-metodik ishlarga ega bulishlari, oliy o’quv yurti yoki mala- ka oshirish in-tlarida yuksak metodik va ilmiy saviyada ma’ruzalar kursini o’qiy olishlari, ilmiy daraja olgan malaka- li mutaxas-sis tayyorlagan bulishlari, madaniyat, me’morlik, san’atshunoslik in-tining mutaxassislari xalkaro va respublika tanlovlari sovrindorlari- ni tayyorlagan bulishlari kerak. P.lik unvoniga da’vogar shaxsning xujjatlari unga fan dri ilmiy dara- jasi berilgan sanadan 1 y. utgandan key-ingina oliy ukuv yurtlari hamda i.t. muassasalari ilmiy kengashlari to- monidan muhokamaga qabul qilinishi va OAKga yuborilishi mumkin. P.lik unvo- niga da’vogarning hujjatlarini OAK tomonidan ko’rib chiqish muddati 6 oydan oshmasligi kerak. P.lik unvoni OAK tomonidan umrbod beriladi. P.lik la- vozimi uchun oliy o’quv yurti yoki ilmiy muassasada har 5 y.da 1 marta tanlovdan o’tish lozim. Boshka mamlakatlarning P. unvoni- ga ega bo’lgan O’zbekiston fuqarolari o’z arizalari va faoliyat yuritayotgan tashkilotlarining tavsiyasiga muvofiq belgilangan tartibda qayta attesta- tsiya (no-strifikasiya)dan o’tkazilgach, tegishli hujjat beriladi. Shuning- dek, O’zbekistonda faoliyat yuritmoqchi bo’lgan chet el fuqarolarining P.lik ilmiy unvoni ham manfaatdor tash- kilotning tavsiyasiga muvofiq belgi- langan tartibda qay-ta attestasiya (no- strifikasiya)dan o’tka-zilgach, haqiqiy hisoblanadi.