Programmalash tili

Programmalash tili – ma’lumotlar (axborotlar)ni va ularni elektron mashinalarda ishlash algoritmlari (dasturlari)ni bayon qilish uchun mo’ljallangan rasmiy til; odamning elektron mashina bilan bog’lanishi uchun ishlatiladigan shartli belgilar tizimi. Programmalash tili tabiiy til bilan shartli mashina tili orasidagi o’rinni egallaydi. Programmalash tilining asosiy vazifasi dasturlar tuzish (programmalash) vositasi bo’lishi, ya’ni ma’lumotlarni ifodalash va ularni EHM (kompyuter) da ishlashda qo’llanishidan iborat.