Projektor
Projektor (lot. proectus — ol- dinga irg’itilgan) — optik tizimlar yorda-mida lampaning yorug’lik oqimini ma’lum fazoviy burchak ostida to’plab yo’naltiruvchi yoritish asbobi. P.ning optik tizimi sifatida ko’zgu va Lin- zalar, yorug’lik manbai sifatida yoyli lampa va maxsus cho’g’lanma lampalar ish- latiladi. Uzoqni va yaqinni yoritadigan, signal beradigan xamda yorug’likni yoyib sochadigan xillari bor. Uzoqni yorita- digan P.da para-bolik qaytargichdan, yaqinni yoritadigan P.da shisha yoki me- Tall qaytargichlardan, signal P.da ham para-bolik kaytargichlardan foydala- niladi. P. harbiy ish va dengiz floti- da, qurilishda, avtomobillar va Loko- mo-billarda, t.y. styasi, aerodromlar, qurilish maydonlari, teatr sahnasi va b.ni yoritishda, signalizasiya va b. MAK,sadlarda ishlatiladi. Elektron texnika vositalari (mas, kineskop) da elektron P.dan foydalaniladi. Bular elektron nurlarni xreil qiladi.