Prokat

Prokat (ruscha prokatat — jo’valamoq) metallurgiyada) — metal va metall qotishmalarini qizdirib yoki sovuqlayin prokatlab (maxsus vallar orasidan o’tkazib) tayyorlanadigan buyumlar. Masalan, list, lenta, Polosa, rels, balka, truba, sim, shveller, dvutavr va boshqalar. Prokat tayyorlashda zagotovka (xom ashyo) bo’ylamasiga, ko’ndalangiga, vintsimon-ko’ndalangiga prokatlanishi mumkin. Prokatning maxsus xillari — egilgan, bukilgan buyumlar, ko’ndalang kesimi o’zgaruvchan (har yerida har xil bo’lgan) mahsulotlar va boshqalar xalq xo’jaligining deyarli barcha tarmoqlarida ishlatiladi.