Proktologiya
Proktologiya (Yun. proktos — to’g’ri ichak va …logiya) — tibbiyotning bir bo’limi. To’gri ichak, anal kanali va oraliq sohasi kasalliklarining eti- ologiyasi, patogenezi, morfologiyasi, Fi- ziologiyasi, diagnostikasi va davolash usullarini o’rganadi. Tibbiyotning so’nggi yillarda tez ri- vojlanishi tufayli P. faqat to’g’ri ichak, anal kanali va oraliq sohasi kasalli- klarini (bavosir, o’tkir va surunkali paraproktitlar, ichak oqmalari, anal sfinkteri etishmasligi va b.) o’rganish b-n chegaralanib qolmay, yo’g’on ichak- ning yuqori qismi, ya’ni chambar ichak kasalliklarini xam o’rga-na boshladi. Chunki nospesifik yarali kolit, Kron kasalligi, oilaviy adenomatoz, yo’g’on ichak o’smalari, qabziyat va b. kasalliklar ayni vaqtda to’g’ri ichakni ham, chambar ichakni ham zararlaydi. Amerika, Evro- Pa davlatlari va Rossiyada «proktolo- giya» fanining «koloproktologiya» deb atalishining bo-isi ham ana shunda. 10-kasalliklarning xalqaro tasnifiga (MKB-1) binoan, koloproktologiya fani 200 dan ortiq kasallik va sindromlarni o’rganadi. To’g’ri va chambar ichak kasallikla- rini o’rganish qadimdan ma’lum bo’lib, Gippokrat, Abu Ali Ibn Sino va b. o’z asarlarida bu kasalliklarni batafsil yoritishgan. O’zbekistonda P. fani 20-a.ning 60-y. larida rivojlana borib, bunga 3. Nizo- mov, E. Jo’raev va b. olimlar katta hissa qo’shdilar. 20-a.ning 80-y.laridan esa ko- loproktologiya mustaqil fan va aloxida mutaxassislik sifatida rivojlana bosh- ladi. Bunda O’. Oripov, S. Navruzov kabi olimlarning xizmatlari katta bo’ldi. Hoz. O’zbekistonning barcha viloyat Mar- kazlarida ixtisoslashgan bo’limlar mav- jud. Toshkent shahrida esa Respublika Kolo-proktologiya ilmiy markazi faoli- yat ko’rsatadi. Sarimbek Navruzov.