Prokuratura

Prokuratura (lotincha procurare — g’amxo’rlik qilish) — ayrim mamlakatlarda jinoiy ishlarni qo’zg’atish, ayblovni yoqlash, sud prosessida davlat manfaatlarini himoya qilish vakolatlari yuklatilgan maxsus davlat organi (organlar tizimi). Dastlab 13-14-asrlarda Frantsiyada yuzaga kelgan. Bir qancha mamlakatlarda Prokuraturaga barcha fuqarolar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning qonunlarni aniq va bir xilda bajarishi ustidan nazorat qilish vazifasi ham kiradi. Muayyan mamlakatlarda Prokuratura sudning tarkibiy qismi hisoblanadi, boshqalarida esa tashkiliy jihatdan undan ajratilgan.