Prolin
Prolin, a-pirrolidinkarbon kis- lota, C2H9O2N — rangsiz kristall mod- da. Mol. m. 115,1, suvda yaxshi, spirtda oz eriydi. 3 ta stereoizomeri ma’lum: D, L va DL (suyuklanish t-rasi 205° dan 222° gacha). P. almashti-rib bo’ladigan ami- nokislota; kishi organizmida glutamin kislotadan sin-tezlanadi. Sintetik P.ni turli usulda olish mumkin. L -P. barcha oqsillar tarkibiga kiradi. Pro- Lamin (boshoqli o’simliklar doni)da, kollagenda, r-kazein va elastinda ko’p. Insulin, ad-renokortikotrop gormon, gramisidin S va b. biologik ahamiyati muhim Pep-tidlar tarkibiga kiradi. D -P. ba’zi alkaloidlar tarkibida bo’ladi. DL -P. 1900 y.da nemis kimyoga- ri R. Vilsh-Tetter tomonidan sintez qilingan, nemis olimi E. Fisher 1901 y.da kazein gidrolizatidan ajratib ol- gan.