Protazanov Yakov Aleksandrovich
Protazanov Yakov Aleksandrovich [1881.23.1 (4.2) – Moskva – J945.8.8] — rej., Rossiyada (1935) va O’zbekistonda (1943) xizmat ko’rsatgan san’at arbobi. Rus kinematografiyasi asoschilaridan. Ijodini 1907 y. dastlab stse-nariychi, keyinchalik rej. sifatida boshlagan. «Qarg’a motkasi» (1916), «Sergiy ota» (1918) filmlari rej.lik va operator- lik madaniyatining yuksakligi, aktyorlar o’yinining mu-kammalligi b-n ajralib turadi. «Aelita» (1924), «Torjoklik bichiqchi» (1925), «kirq birinchi» (1927), «Don Diego va Pelageya» (1928), «Avliyo Yor-gen bayrami» (1930) kabi ovozeiz kinoning eng yaxshi namunalarini yarat- Di. Hajviy filmlari satira, yumor va qiziqarli syujetlarga boydir. Ovozli kinoda yaratgan «Sepsiz qiz» (1937) fil- mi mumtoz kino fondidan o’rin oldi. P. uzbek milliy kino san’atining shak- llanishi va rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. Urush yillari Toshkentda yashab, «Nasriddin Buxoroda» (1943) filmini yaratdi. Bu film uzbek kinematografi- yasida komediya janrining shakllanishi va N. G’aniev, R. Pirmo’hamedov, A. Isma- tov kabi ma-halliy kino arboblarining ijodiy kamolotida muhim rol o’ynadi.