Proteidlar

Proteidlar (Yunoncha protos — birinchi), oddiy oqsil — protein va oqsil bo’lmagan komponentlardan iborat murakkab oqsillar. Ko’pincha prostetik guruh deb ataladi. Oqsil bo’lmagan komponentlarning tabiatiga ko’ra, Proteidlar quyidagi guruhga: glikoproteidlar, lipoproteidlar, nukleoproteidlar, metalloproteidlar, fosfoproteidlar, xromoproteidlarga bo’linadi. Organizmning hayot faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Ko’pincha fermentlar, oqsillar, to’qimalar, hujayralar, qon zardobi, sut, tuxum, viruslarning anchagina qismi, ko’pgina gormonlar va boshqalar Proteidlarga mansub.