Proteinoterapiya

Proteinoterapiya (Yunoncha Protos-birinchi va terapiya) — immunoterapiya turi. Davo maqsadida teri ostiga, muskul orasiga yoki venaga oqsilli moddalar (masalan, sut, zardob va boshqalar) yuborish. Proteinoterapiya ko’pincha surunkali infektsion va infektsion allergik kasalliklarda, yara kasalligida, trofik yara va hokazolarda qo’llanadi. Proteinoterapiyada qon, kazein eritmasi va boshqa oqsilli moddalar yuboriladi. Proteinoterapiyada bemor qonidagi leykositlar ko’payib, qonning fermentativ faolligi ortadi, organizmning umumiy quvvati kuchayadi.