Proteza

Proteza (Yunoncha prothesis — oldindan joylash) — talaffuzni qulaylashtirish uchun so’zning eng boshida tovush (odatda, unli) orttirilishi. O’zbek tilida O’kuz—ho’kiz, og’och—yog’och singari tarixiy taraqqiyot jarayonidagi ayrim holatlarni hisobga olmaganda (bu erda undosh orttirilgan), Proteza hodisasi, asosan, Arab va fors tillaridan o’zlashgan yoki rus tili orqali Yevropa tillaridan kirgan so’zlar talaffuzida uchraydi. Bunday so’zlarning boshida, u, o’ yoki i unlisi orttirib talaffuz qilinsada, bu holat yozuvda aks etmaydi: ro’mol — o’ramol, ro’za — o’raza, rayhon — irayhon; stol — istol, stul — ustul, istul, shtraf — ishtraf, stantsiya — istansa kabi.