Protivogaz

Protivogaz (ruscha protiv — qarshi va gaz) — nafas organlari, yuz va ko’zni zaharli radioaktiv moddalar va bakterial vositalar ta’siridan himoya qiluvchi asbob. Filtrlovchi va izolyatsiyalovchi turlarga bo’linadi. Filtrlovchi Protivogazni 1915 yil N. D. Zelenskiy kashf etgan. U gazni tozalaydigan quticha, niqob-shlyom va ularni tutashtiruvchi naychadan iborat bo’lgan. Bunday Protivogaz atrofdagi zaharli havoni tozalab beradi. Izolyatsiyalovchi Protivogaz regenerativ Patron, nafas olish qopchasi, karkas, niqobshlyom va tutashtiruvchi naychadan iborat. Bunday Protivogaz komplektida ampulali quticha, sumka va boshqalar bo’ladi. Izolyatsiyalovchi Protivogazda tashqaridagi havodan foydalanilmaydi, uning regenerativ patronidagi kislorod bilan nafas olinadi.