Protonefridiylar
Protonefridiylar (Proto… va nefridiylar) — yassi va to’garak chu- valchanglar, nemertinlar, ayrim halqali chuvalchanglar, lantsetniklar, foronid- lar va ba’zi mollyuskalar lichinkasi uchun xos bo’lgan ayirish organlari. P. 1 ta yoki bir necha shoxlangan naychalar va ular ichida joylashgan bir tutam kipri- klarga yoki 1 ta (yoki bir nechta) xivchinga ega bo’lgan hujayradan iborat. Moddalar almashinuvi mahsulotlari filtrlanib uchki hujayralar bo’shlig’iga o’tadi va kipriklar yoki xivchinlar yordamida nay- larga haydaladi. Kipriklar va xivchin- larning bir me’yorda ishlashi tufayli suyuklik P.ning naychalari orqali oqib o’tib turadi. Naychalarda hosil bo’lgan siydik asosiy nayga tushadi va u erdan maxsus teshiklar orqali tashqi muhitga chiqariladi. So’rg’ichlilar, og’iz aylan- gichlilar va ayrim b. hayvonlarda P. siydik to’planadigan maxsus organ — qovuqqa ochiladi; siydik u erdan qovuq devori qisqarishi tufayli tashqi mu- hitga, tikanboshlilar va priapulidlar- da esa jinsiy naylarga chiqariladi.