Protoyulduz

Protoyulduz — yulduzlar EVO- Lyu-tsiyasining eng boshlang’ich gravitasi- on kollapelanuvchi bosqichi; markazida hali termoyadro reaktsiyalari boshlanma- gan davrdagi fizik holat. Oddiy holda magnit maydoni juda kichik va o’z o’qi atrofida deyarli aylanmaydigan P.ning sferik kollapsi har tomonlama to’la o’rganilgan. Gaz va chang aralashmasidan iborat P. kollapsining boshi (markaz) da tezda o’zak vujudga keladi. Bunda P.ning qaysi qismi zich bo’lsa, o’sha erda kollaps tezlashib, natijada P. zich o’zak va nisbatan keng qobiqqa ajraladi. P. qobig’ining o’zakka tushib borishi davom etib, markazda t-ra va bosim ortadi. Na- tijada P. in-fraqizil nurlanish manba- iga aylanadi. P. o’zagida t-ra taxm. mln. gradusga etganida deyteriy, litiy va bor ele-mentlari yona boshlab, unda bi- rinchi yadro reaktsiyalari sodir bo’ladi. Bu ele-mentlar miqdori kamligi sabab- li P.ning gravitasion siqilishi davom etaveradi. P. markazida t-ra ~107 gra- dusga etishi b-n vodorod yona boshlay-Di va u yulduzga aylanadi.