PSEVDOMORFOZLAR

PSEVDOMORFOZLAR (psevdo… va Yun. morphe — shakl), soxta shakl — tar- kibi va ichki tuzilishiga tashqi shakli muvofiq bo’lmagan minerallar. Vir mi- neral o’rnida ikkinchisi Kris-tallansa, oddiy P. deyiladi; murak-kab P. esa bir necha mineral agregatlaridan hosil bo’ladi. P. avval paydo bo’lib, keyinchalik yuvilib ketgan mi-nerallarning (shak- li saqlangan holda) o’rnini to’ldirish yoki kimyoviy almashish yo’li b-n vujudga keladi. Bu ja-rayonda oldingi mineral tarkibining ancha qismi P.ga o’tishi yoki butunlay erib chiqib ketishi mumkin (mas, kub shaklidagi pirit oksidlanish jarae-nida limonitga aylansa limonit- ning piritdagi psevdomorfozlari hosil bo’ladi; bunda amorf holdagi limonit ggiritning kristall shaklini egallay- Di, ya’ni limonit piritning qolipiga tushganday bo’ladi). P.ni o’rganish mi- nerallarning qonuniyatli o’zgarishini aniqlashda katta ahamiyatga ega.