Psixiatriya

Psixiatriya (psixo … va Yun. Iatreia — davolash) — klinik tibbiyot sohasi. Psixik kasalliklarning kelib chikish sabablari, belgilari va rivoj- lanish mexanizmlarini o’rganadi, ular- ning oldini olish, davolash va bemor- larga tibbiy yordam ko’rsatishni tashkil etish usullarini ishlab chiqadi. Psixik kasalliklarni dastlab yunon vrachlari o’rgana boshlaganlar. Gippo- krat psixik kasalliklar ham boshqa kasalliklar kabi tashqi muhitning or- ganizmga salbiy ta’siri natijasida paydo bo’lishini birinchi bor aytgan. Abu Ali ibn Sino ham asab va ru-hiy kasalliklarni davolash ishiga ko’pgina yangiliklar kiritgan. U psixik kasal- liklar haqidagi xurofiy tushunchalarni (mas, bu kasalliklarni jinlar keltirib chiqaradi degan fikr-ni) rad etib, asab va ruhiy kasalliklar ham boshqa kasal- liklar kabi tashki muhitning odam orga- nizmiga salbiy ta’siridan va organizm- ning o’zida ro’y beradigan o’zgarishlardan pay-do bo’ladi deb bilgan. P. tibbiy fan sifatida 18-a. oxi- ri — 19-a. boshlarida shakllandi. Shu paytdan boshlab vrachlar psixik ka- salliklarga qarshi dorilar qo’llashga, shu kasallikning tabiiy sabablarini o’rganishga kirisha boshladilar. Psixik kasalliklarning ko’pgina turi (jum- ladan, avvallari tuzatib bo’lmaydigan turi) muvaffaqiyatli davolanmoqda. Ilgarilari nogironlikka chiqarib yubo- riladigan o’tkir psixoz b-n kasallangan bemorlarni tuzatib yuborish usullari ishlab chiqildi. P. kasalxonalarining yo’nalishi o’zgardi. P. ilmining keng ri- vojlanishi P. im-koniyatlari ko’lamini oshirdi. Zamo-naviy P. o’tkir psixoz ka- salligiga uch-ragan bemorlarnigina emas, balki psixopatiya, nevrozlarni, alkogo- lizmnn, kayfiyat o’zgaruvchanligi (emosi- onal qo’zg’aluvchanlik) va uyqusizlikni ham davolaydi. P.ning tekshirish usullari o’ziga xos bo’lib, boshqa tibbiy fanlardan bir- muncha farq qiladi. P. tibbiyot fanla- ri ichida eng keyin rivojlangan fan- lar qatoriga kiradi. Hoz. davrda uning mohiyati juda ham keng, chunki ruhiy bemorlardan tashqari har qanday Soma- tik kasalliklar ham ruxiy faoliyatning ma’lum darajada buzilishi b-n o’tadi va shu bois P. asoslarini har bir sohadagi vrach bilishi zarur. P. umumiy psixopatologiya va xusu- siy P.ga bo’linadi. Umumiy psixopato- logiya ruhiy xastaliklarning umumiy alomatlari, ularning kechishi va h.k.ni o’rganadi. Xususiy P. esa ru-hiy xasta- liklarning alohida turlarini ko’rib chiqadi, qiyosiy diagnosti-kasi va davo- lash masalalarini o’rganadi. Bundan tashqari, keyingi vaqtda P. dan yangi tarmoqlar: bolalar P.si, o’smirlar P.si va sud P.si, ijtimo- iy P., narkologiya ajralib chiqdi. P.da fiziologiya, psixologiya, genetika va b. fanlarning erishgan yutuqlari keng qo’llaniladi. Ruhiy bemorlarni davolash imkoni- yatlari kundankunga kengayib bormoq- da. Mas, 20-a.ning 50-y.laridan boshlab ruhiy o’zgarishlarni davolashda marka- ziy nerv sistemasida sodir bo’ladigan jarayonlarga bevosita ta’sir etadi- gan psixofarmakologik vositalar qo’llanmoqda. Hoz. zamon P.si fakat klinik fan bo’lib qolmay, balki ijtimoiy va psi- xologiya masalalarini hal qilishda ham ishtirok etadi. O’zbekistonda 1 – va 2-toshti, vrachlar malakasini oshirish in-ti, Pediatriya tibbiyot in-ti, Andijon, Samarqand tibbiyot in-tlarida P. ka-fedralari bor. Uzbek olimlaridan X. Olimov, Sh. A. Mirtolibov T. I. Ismoilov, A. U. Sho- Yusupova, R. S. Tursunova, M. Xalilov va b. P.ning eng dolzarb masalalari ustida tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Mirqobil Xalilov.