Psixologizm

Psixologizm (sotsiologiyada) — sotsiologiyaning ayrim yo’nalishlariga (G. Tard, Ch. Kuli, J. Mid, neofreydizm, strukturaviy-funktsional maktab va boshqalarga) xos metodologiya usuli. Psixologizm ijtimoiy munosabatlarni va strukturalarni psixologik ma’lumotlar, inson psixikasi xususiyatlari, odamlarning bevosita o’zaro harakatlarini tahlil qilish asosida tushuntiradi. Psixologizm bo’yicha, psixologiya umuman butun falsafaning, uning barcha sohalari, xususan, mantiqning (V. Vundt va boshqalar fikriga ko’ra) asosi hisoblanadi. Psixologizm tarafdorlari birdan bir fan psixologiyadir, deb biladilar. Chunki, deb uqtirishadi ular, barcha fanlarning ob’yekti faqat ma’lum usullar orqali bilingan sezgilardir. Bunday qarashni birinchi galda empiriokrititsizm va pozitivizm vakillari ilgari suradilar.