PSIXROFIL MIKROORGANIZMLAR

PSIXROFIL MIKROORGANIZMLAR (Yun. psychros — sovuq va … fil) — kriofil mikroorganizmlar, 0′ va undan pastroq (-10° gacha) haroratda o’sa oladi. Obligat P.m. uchun optimal haro-rat 10-15°, fakultativlar uchun — 25-30°. Metabolitik jarayonlari- ga sovuq kam ta’sir qilishi, jumladan, fermentlarining ancha past haroratda optimal ta’sir ko’rsatishi, lipid Alma- shinuvining o’ziga xosligi (tarki-bida to’yinmagan yog’kislotalarning nisbatan ko’p bo’lishi) b-n boshqa mikroorganizm- lardan farq qiladi. Aktinomisetlardan tashqari barcha mikroorganizmlar orasi- da uchraydi. Obligat P.m. nisbatan doi- miy haroratda, fakultativ P.m. harorat keskin o’zgarib turadigan muhitda ham yashay oladi. Ta-biatda keng tarqalgan. Arktika va Antarktida, g’orlar, qorlar va tog’lardagi muzliklarda ko’p uchraydi. Mikro-skopik suvo’tlardan ayrim turla- ri (odatda, xlamidomenadalar) qizg’ish pigment hosil qilib, qorni qizil rang- ga bo’yash xususiyatiga ega.