Psixrometr

Psixrometr (Yun. psychros — sovuq va …metr) — havo namligi va t-rasini anikdashda ishlatiladigan asbob. Oddiy P. 2 qo’shaloq (quruq va namlangan) termometrlardan iborat. Quruq termometr havo t-rasini kursata- Di. Namlangani (ho’l latta b-n o’ralgani) issiqlik qabul qilgich xisoblanadi. Termometrning simobli uchini ho’l doka b-n o’rab, suvli idishga solinadi. Ho’l dokadan suv bug’langanda termometrdan issiqlik yo’qolishi kuzatiladi. Shu tu- fayli quruq termometrga nisbatan na- mlangan termometrning t-rasi doim past bo’ladi. Ikkala termometrning t-ralar farqiga ko’ra, maxsus psixrometrik jad – val, diagramma, nomogrammalar yordami- da havo namligi xisoblanadi. P.ning stantsion, aspirasion va dis- tantsion xillari bor. Stantsion P.ning termometrlari meteorologik budkaning maxsus shtativiga mahkamla-nadi. Aspi- rasion P.ning termometrlari maxsus opravalarga o’rnatiladi. Distantsion P.da qarshilikli termometrlar, termi- storlar, termoparalardan foydalanila- Di.